Namangan · 2026-yil yanvardan beri

Savdo bo'limingizni bitta tizimga ulaymiz.

CRM, IP telefoniya, SMS rassilka va AI agent — alohida emas, bir-biriga ulangan holda ishlaydi. Lid yo'qolmaydi, operator adashmaydi, siz har bir qo'ng'iroqni ko'rib turasiz.

15+ kompaniya Doimiy qo'llab-quvvatlash
Bitrix24amoCRMIP TelefoniyaSMS Rassilka AI AgentSIP raqamlarTelegram BotInstagram Direct Call CenterVoronka avtomatlashtirish Bitrix24amoCRMIP TelefoniyaSMS Rassilka AI AgentSIP raqamlarTelegram BotInstagram Direct Call CenterVoronka avtomatlashtirish
0
Qurilgan savdo bo'limi
0
Xizmat yo'nalishi
0
Til: o'zbek, rus, ingliz
∞
Loyihadan keyingi aloqa

Xizmatlar

Savdo bo'limi uchun kerak bo'ladigan hamma narsa

Bittasini alohida ham qilamiz, hammasini birga ham. Lekin eng kuchli natija — ular bir-biriga ulanganda chiqadi.

01

CRM joriy etish

Bitrix24 yoki amoCRM. Voronka, avtomatik vazifalar, hisobotlar. Har bir lid o'z bosqichida turadi — hech kim «unutib qo'ydim» demaydi.

02

IP telefoniya · Call center

Qo'ng'iroqlar CRM ichida yoziladi. Kim necha marta qo'ng'iroq qilgan, javobsiz qolgani bormi — hammasi ko'rinadi.

03

SMS rassilka

Baza bo'yicha avtomatik xabar: buyurtma holati, eslatma, aksiya. CRM bosqichi o'zgarganda o'zi jo'naydi.

04

AI agent

Mijozning savoliga tunda ham javob beradi, lidni saralaydi va tayyor holda operatorga uzatadi. Sizning biznesingiz tilida gapiradi.

05

Chiroyli SIP raqam

Reklamada bir marta ko'rgan odam yodda saqlaydigan raqam. Tanlab, rasmiylashtirib, tizimga ulab beramiz.

06

Operator topish va o'qitish

Odam yo'qmi — topib beramiz. Skript yozamiz, qo'ng'iroqlarni tinglab, jamoani sotishga o'rgatamiz.

Jarayon

Auditdan qo'llab-quvvatlashgacha

Bosqichlar ketma-ket boradi. Har birining oxirida sizda aniq natija qoladi — hujjat, sxema yoki ishlaydigan tizim.

01

Audit

Savdongizni ichidan ko'ramiz: lid qayerdan keladi, qayerda yo'qoladi, operator nima deydi. Bepul.

02

Loyiha

Voronka, skript va tizim sxemasini chizamiz. Shu bosqichda narx va muddat aniq bo'ladi — keyin o'zgarmaydi.

03

Joriy etish

CRM, telefoniya, SMS va AI agentni ulaymiz. Test qo'ng'iroqlari bilan hammasini tekshiramiz.

04

O'qitish

Jamoangizni o'rgatamiz. Video qo'llanma va yozma skript sizda qoladi — yangi xodim kelsa ham ishlaydi.

05

Qo'llab-quvvatlash

Ishga tushirgandan keyin ham aloqadamiz. Savdoni oshiradigan yangi instrument chiqsa — sizga birinchi bo'lib sinab ko'ramiz.

Nega biz

O'rnatib, ketib qolmaymiz

Ko'p joyda tizim ulanadi-yu, uch oydan keyin hech kim ishlatmaydi. Bizda ishning asosiy qismi aynan shundan keyin boshlanadi.

Doimiy texnik qo'llab-quvvatlash

Tizimda muammo chiqsa — yozasiz, hal qilamiz. Har safar yangi shartnoma tuzib o'tirmaysiz.

Yangiliklarni birinchi bo'lib sinaymiz

Savdoni oshiradigan yangi instrument chiqsa, mijozlarimizga darhol taklif qilamiz va o'rnatib beramiz.

Bir kishiga bog'lanmagan tizim

Skript, qo'llanma va sozlamalar hujjatlashtiriladi. Xodim ketsa ham savdo bo'limi to'xtamaydi.

O'zbekcha, ruscha, inglizcha

Jamoangiz qaysi tilda qulay bo'lsa, shu tilda o'qitamiz va hujjatlarni shu tilda beramiz.

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

Biznesingizga qarab. Audit paytida ikkalasini sizning jarayoningizga solib taqqoslaymiz va nega aynan shu birini tanlaganimizni ko'rsatamiz.

Eng ko'p uchraydigan holat. Bazani saqlab qolib, voronka va sozlamalarni qaytadan quramiz, keyin jamoani o'qitamiz. Ko'pincha muammo dasturda emas — jarayonda bo'ladi.

Ha. Bir kishilik savdo uchun ham tizim quramiz — keyin odam qo'shsangiz, tayyor jarayonga qo'shasiz. Kerak bo'lsa operator ham topib beramiz.

Loyiha hajmiga bog'liq. Audit bepul — undan keyin aniq muddat va aniq narxni yozma ko'rinishda beramiz.

Ha. Ishning katta qismi masofadan bajariladi, kerak bo'lganda joyiga chiqamiz.

Bepul audit

Ro'yxatdan o'ting

Formani to'ldiring — 1 ish kuni ichida bog'lanamiz va savdo bo'limingizdagi bo'shliqlarni ko'rsatamiz.

Ismingizni yozing.
To'liq raqam kiriting: +998 XX XXX XX XX
Kompaniya nomini yozing.
Sohani tanlang.
Holatingizni tanlang.
Davom etish uchun belgilang.

Yoki to'g'ridan-to'g'ri: +998 94 600 66 55

Qabul qilindi, !

Arizangiz tayyor. Tezroq bo'lishi uchun ma'lumotlar nusxalandi — pastdagi tugma orqali Telegramga yuboring.